Jahon | 08:37 / 09.12.2015
9169
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada urib tushirilgan Su-24 samolyoti ko‘rsatkichlar bort yozgichi topildi va Vladimir Putinga ko‘rsatildi

Suriyada Turkiya HHK tomonidan urib tushirilgan Rossiyaning Su-24 samolyoti ko‘rsatkichlar bort yozgichi topildi va Rossiya prezidenti Vladimir Putinga mudofaa vaziri Sergey Shoygu tomonidan ko‘rsatildi.

“Biz uchuvchimizni otib tashlagan jangarilar joylashgan hududda faol ishladik, bu ish natijasida bu hududlar samolyot ekipajini qidirish bo‘yicha maxsus operatsiya kuchlari va Suriya armiyasi maxsus jangchilari tomonidan tozalandi va suriyalik harbiylar samolyotimiz qulagan joyni topishdi”, deb aytdi Shoygu Putinga.  

Shoyguning aytishicha, jangarilar samolyot qulagan joydan tezda chiqib ketgan. “Ular samolyotdan hech narsani yechib olishga ulgurmagan va samolyotning bort yozgichi topildi”, deb ta'kidlab o‘tdi Shoygu.

Putin bort yozgichni topishda va uni yetkazishda ishtirok etgan barchaga minnatdorchilik bildirdi. “Albatta, samolyot ekipajini qidirish va qutqarish bilan shug‘ullangan guruhdagi harbiylarimizga ham, bu bort yozgichni topa olgan suriyalik harbiylarga ham minnatdorchilik bildiramiz. Bu bort yozgich nima yuz berganiga oydinlik kiritishga yordam beradi”, deb aytdi Putin.

Putin samolyotning bort yozgichini xalqaro ekspertlar ko‘z o‘ngida ochish vazifasini yukladi.

“Agar siz uni ochmagan bo‘lsangiz, unda sizdan uni ochmaslikni iltimos qilaman. Uni faqatgina xorijiy mutaxassislar bilan birga ochish kerak va barchasini batafsil qayd qilish lozim”, deb aytdi Putin. Putinning ta'kidlashicha, bort yozgich samolyotning harakatlanish trayektoriyasi va urib tushirilgan payt qayerda bo‘lganini aniqlashga imkon beradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish