Jahon | 15:49 / 09.12.2015
5802
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiyada ishlayotgan rossiyalik jurnalistlar uchun yangi qoidalar joriy etildi

Turkiya mamlakat hududida ishlayotgan rossiyalik jurnalistlar uchun yangi qoidalar joriy qildi, deb xabar beradi TASS agentligi.

Turkiyaning Moskvadagi elchixonasi vakillari bergan ma'lumotga qaraganda, endilikda rossiyalik jurnalistlar ushbu mamlakat hududida faoliyat yuritishni istasa, elchixonaga bir qator hujjatlar, jumladan,

OAV rahbariyatidan tashrifdan ko‘zlangan maqsad, tashrif vaqti va joyi, kimlardan intervyu olinishi haqida ma'lumotlar aks etgan turk va ingliz tillaridagi xat taqdim etilishi lozim bo‘ladi.
“Bu ko‘pchilik davlatlarda amalda bo‘lgan oddiy jarayondir”, - tushuntirdi elchixona vakili.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish