Sport | 14:58 / 09.12.2015
3145
2 daqiqa o‘qiladi

Van Gaal "MYu" futbolchilariga: Siz YeChLni davom ettirishga loyiq o‘ynamadingiz

"Manchester Yunayted" jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gaal YeChL guruh bosqichining oxirgi turida "Volfsburg"ga qarshi kechgan o‘yindan so‘ng (2:3) o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Hozir men jamoamizning YeChLni tark etishi bo‘yicha o‘zimizni oqlash uchun hech narsa deya olmayman. Aynan hozir bironta fikr aytish noto‘g‘ri bo‘ladi. "Volfsburg"dan uchralgan mag‘lubiyatni tushunish juda qiyin. Faktlarga qaraydigan bo‘lsak, biz o‘tgan mavsumdagiga qaraganda bu mavsumda yaxshiroq o‘ynayotganimizni ko‘rishimiz mumkin, hozir APLda yaxshi o‘rinni egallab turibmiz. Lekin men faqat faktlarni ko‘rsata olishim mumkin.

Men futbolchilarga aytdim: "Siz YeChLda ishtirokni davom ettirishga loyiq o‘yin ko‘rsata olmadingiz. YeChL katta turnir va siz bu turnirga munosib bo‘lmadingiz. Endi keyingi mavsumni kutishingizga to‘g‘ri keladi".

Vazifani ado eta olmaganimizdan afsusdaman. Biroq bizda APL va Angliya kubogi uchun kurashish imkoniyati bor", – deydi van Gal.

Nima uchun bunday bo‘lganini tahlil qilib chiqish lozim. Odatda biz bu borada tartibli o‘ynar edik. Men qiyin guruhga tushganimizni boshidayoq aytgan edim va natija ham buni ko‘rsatib turibdi.

Shvayshtayger haqidami? Men o‘yinchini shunchaki sababsiz maydondan olib tashlamayman. Barchamiz ham odammiz, u ham odam. Lekin u "Bavariya"dagi Shvaynshtayger emas", - deydi murabbiy.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish