Jahon | 10:06 / 09.12.2015
2018
1 daqiqa o‘qiladi

Venesuelada muxolifat parlamentdagi ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritdi

Venesuelada muxolifat 167 deputut o‘rniga ega mamlakat Milliy assambleyasida ko‘pchilik mandatni qo‘lga kiritdi.

Venesuela saylov kengashi ma'lumotlariga ko‘ra, muxolifat koalitsiyasi parlamentdagi 109ta o‘ringa ega bo‘ldi. Bunday muvaffaqiyatga tub aholi vakillari uchun belgilangan mandatlarni qo‘lga kiritish orqali erishdi.

O‘z navbatida, hukmron sotsialistik partiya faqatgina 55 deputatlik o‘rniga ega bo‘ldi.
Bundan avvalroq esa Venesuelada muxolifatning g‘alaba qozonishi prezident Nikolas Maduro impichmentining e'lon qilinishiga olib kelishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish