Jamiyat | 19:09 / 09.12.2015
7538
2 daqiqa o‘qiladi

Volgogradda taksichi o‘zbek millatiga mansub yo‘lovchini ho‘l shimi uchun o‘ldirib qo‘ygan jinoyat fosh etildi

Volgogradning Kalachev tumanida 1,5 yil avval sodir etilgan qotillik fosh etildi. Viloyat bo‘yicha Rossiya tergov qo‘mitasi tergov boshqarmasi rahbari yordamchisi Nataliya Kunitskaya qotillik tafsilotlarini aytib berdi.

Qotillik fosh etilishi arafasida huquq-tartibot muassasalari xodimlari bedarak yo‘qolgan ayolni izlab tumandagi hududlarni aylanib chiqish paytida inson suyaklarini topib olishgan. Ekspertiza suyaklar o‘z o‘limi bilan o‘lmagan erkak kishiga tegishli ekanligini ko‘rsatdi.

Ushbu holat yuzasidan mahalliy tergov bo‘limi jinoiy ish qo‘zg‘atdi. Halok bo‘lgan erkak o‘zbekistonlik hech kayerda ishlamagan fuqaro ekanligi aniqlandi. U oxirgi paytlar ushbu tumanda yashagan. Huquq-tartibot muassasalari xodimlari erkakning o‘limi bilan yakunlangan holatni tezda tiklashdi.

O‘tgan yilning iyun kunlaridan birida mast holatda bo‘lgan jinoyat qurboni taksi chaqirtirgan. Hududdagi bir necha joylarga borgach, erkak taksichidan uni plyajga olib borishni so‘ragan. Erkak cho‘milguncha taksichi uni kutib turgan. Erkak ho‘l kiyimda mashinaga yaqinlashib, unga o‘tirmoqchi bo‘lgan. Biroq taksichi erkakdan o‘tirishidan avval o‘rindiqqa polietilen paketni yozishni so‘ragan. Biroq o‘zbek buni qilishdan bosh tortgan va erkaklar orasida bahs chiqqan va u mushtlashuvga aylanib ketgan. Mushtlashuvda taksichi mast raqibiga bergan zarbalar uning o‘limiga olib kelgan.

Taksichi erkakning tanasini o‘rmonzorga tashlab, o‘zi voqea joyidan qochib ketgan. Haydovchi o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Tergov ishlari davom etmoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish