10:26 / 09.12.2015
4161

Xarkovdagi Roshen do‘konida portlash yuz berdi

Xarkov shahridagi "Dafi" savdo markazi hududida joylashgan Roshen do‘konida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda "112 Ukraina" nashri xabar qilgan.

Hodisa natijasida hech kim jabrlanmagani aytilgan, portlash to‘lqini tufayli eshik va derazalar oynalari to‘kilib tushgan.

Voqea joyiga maxsus xizmatlar guruhlari, tergovchilar, shifokorlar va prokuratura vakillari yetib kelishgan. Hudud atrofi o‘rab olingan.

Top