16:49 / 09.12.2015
13663

Xodorkovskiy Rossiyaning kelajagini qanday ko‘rayotganini ma'lum qildi

Rossiyalik muxolif siyosatchi Mixail Xodorkovskiy unga qo‘yilgan yangi ayblovlar yuzasidan matbuot anjumani berdi. Unda u Rossiyaning kelajagi qanday bo‘lishi haqida fikr bildirdi.
“Haqqoniy saylovlar instituti hamda hokimiyatni qonuniy almashtirishning boshqa mexanizmlari yo‘qligi sharoitida yagona yo‘l qoladi – inqilob.

Rossiyada inqilobdan qochib bo‘lmaydi. Gap bu inqilobni imkon qadar tinch ruhda o‘tkazishdadir”, - dedi Xodorkovskiy.
U jamiyatga muqobil qarashni taqdim etish yo‘lida ishlayotganini ma'lum qildi.
“Men Rossiyani mustaqil sudya va parlamentga ega huquqiy davlat sifatida ko‘rmoqdaman, - ta'kidladi siyosatchi.

– Rossiyaga kuchli va mustaqil hukumat zarur. Rossiyaga hech qanday tovlamachiliksiz mansabni ikki muddatdan so‘ng topshiradigan prezidenti ham kerak”.
Buning uchun esa, uning fikricha, hokimiyat o‘zgarishi va izolyatsiya to‘xtashi lozim: “Rossiya jamoatchiligi tan olishi lozim: mamlakatda aksilkonstitutsiyaviy to‘ntarish sodir bo‘ldi”.

“Inqilob – yaxshi so‘z. U tinch o‘tishi mumkin va o‘tishi kerak ham. Inqilobni tinch o‘tkazish bizning umumiy vazifamizdir”, - xulosa qildi Xodorkovskiy.
Uning chiqishi YouTube’da “Otkrytaya Rossiya” kanali tomonidan olib borilmoqda.

Top