Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Baranovskayaning advokati: "Arshavin aliment to‘lamayapti, ammo bu uning aybi emas"
Futbolchi sobiq rafiqasi Yuliya Baranovskayadan 7 487 935 rubl miqdorida qarzdor bo‘lib qoldi. Ushbu summa tiyin-tiyinigacha sud ijrochilari saytida ko‘rsatib o‘tilgan. Ammo o‘yinchining bunda aybi yo‘q, deb e'tirof etilmoqda. Uzoq davom etgan sudlashuvlardan so‘ng, Arshavin bir necha oy muntazam ravishda pul jo‘natib turdi. Ko‘p millionlik qarzdorlik esa, o‘yinchiga o‘zi o‘ynayotgan Krasnodarning “Kuban” jamoasi ikki oydan beri maosh to‘lamayotganidan kelib chiqqan. Chunki jamoaning o‘zi boshidan moliyaviy qiyinchilikni o‘tkazmoqda. Ular Arshavin bilan yangi yilda hisob-kitob qilishni rejalashtirgan.
- Bizda Arshavinga nisbatan hech qanday e'tiroz yo‘q, - dedi futbolchi sobiq rafiqasining advokati Andrey Tindik. – Jamoa Arshavin hisob-raqamiga pul o‘tkazishi bilan uning ellik foizi qarzdorlikka ketadi.
Agar “Kuban” klubi yil oxiriga qadar Arshavin bilan hisoblashmasa unda Yuliya Baranovskayaning advokati aynan ular bilan hisoblashadi.