Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniyada samuraylar qilichiga o‘xshash soyabon tufayli poyezd to‘xtatildi
London shahri atrofidagi hudud politsiyasi poyezd yo‘lovchilaridan birida samuraylar qilichi borligi haqidagi xabardan keyin poyezdni to‘xtatdi. Bu haqda The Independent nashri xabar yozgan.
Tekshiruvlardan keyin ma'lum bo‘lishicha, shubha ostidagi buyum qilich emas, unga o‘xshashib ketadigan yomg‘irpo‘sh ekani ma'lum bo‘ldi.
Ushbu hodisa haqida soyabon egasi, 22 yoshli britaniyalik Rey Barun o‘z tvitteri orqali xabar qilgan.
"Politsiya men mingan poyezdni 10 daqiqa davomida to‘xtatib qo‘ydi. Bunga mening soyabonim boshqalarning ko‘ziga samuraylar qilichi bo‘lib ko‘ringani sabab", deya yozgan u.
U politsiyaning harakatini to‘la tushunishi va ogohlik zarurati yuzasidan bu tekshiruv amalga oshirilganini qayd etib o‘tgan.
Bir necha kun oldin, Londondagi metroda noma'lum shaxs qilich ko‘targan holda odamlarga hamla qilib, "Bu Suriya uchun", deya hayqirgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Uning hujumi tufayli 3 yo‘lovchi jarohatlangan.