Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 00:43 / 10.12.2015
6926
1 daqiqa o‘qiladi
Chexiya prezidenti Turkiyani Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lib kirishiga qarshi chiqdi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman IShID bilan aloqadorlikda bo‘lgani uchun Turkiyani Yevropa Ittifoqiga a'zo bo‘lishligiga qarshi chiqdi. Bu haqda Praga radiosi xabar qilgan.
"Turkiya Yevropa Ittifoqining bir qismiga aylanishi mumkin emas", — dedi u Shimoliy Bogemiyaga uch kunlik tashrifi vaqtida. Uning ta'kidlashicha, Turkiya NATO a'zosi bo‘lishiga qaramay o‘zini xuddi “IShID hamkoridek tutmoqda”. Chexiya rahbari, shuningdek, Yevropa Ittifoqining Turkiyaga muhojirlar masalasida uch milliard yevro ajratayotganini ham tanqid ostiga olgan.