Jahon | 00:20 / 10.12.2015
4040
1 daqiqa o‘qiladi

Dovudo‘g‘li: Turkiya 6-9 oydan so‘ng YeI ga chiqishning vizasiz tizimiga o‘tadi

Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘lining ma'lum qilishicha, Anqara va Yevropa Ittifoqi munosabatlarida yangi davr boshlanmoqda. Bu haqda Reuters agentligi bosh vazirning Istanbulda G‘arb OAV vakillari bilan uchrashuvi vaqtida aytgan gaplariga asoslanib xabar bermoqda.

"Biz Yevropa Ittifoqi bilan munosabatlarda yangi davrni boshlayapmiz. Men bundan juda ham xursandman, bu yaxshi boshlanish. Turk fuqarolari uchun viza tizimining liberallashuvi olti oyda, uzog‘i bilan to‘qqiz oyda amalga oshadi”, - dedi u.

8 dekabr kuni Dovudo‘g‘li mamlakat parlametini yevrointegratsiya jarayonini tezlashtirishga chaqirgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish