18:27 / 10.12.2015
4513

Eng katta sig‘imli akkumulyatorga ega smartfonga buyurtma qabul qilish boshlandi

10 000 mA/soat quvvatga ega bo‘lgan Oukitel smartfoni dastlabki buyurtma uchun paydo bo‘ldi.

Smartfonga SoC MediaTek MT6735 protsessori, 2 GB tezkor hamda 16 GB doimiy xotira o‘rnatilgan. Ekran hajmi 5,5 dyuym.

U ikki SIM-karta bilan ishlay oladi. Bundan tashqari Oukitel 8 Mp.li asosiy hamda 2 Mp.li old kamera bilan jihozlangan. Smartfon Android Lollipop 5.1 operatsion tizimida ishlaydi.

Qurilma 240 dollar narxda sotilmoqda. Biroq K10000 kodini terish orqali uni 200 dollarga sotib olish mumkin. Dastlabki buyurtmalar 2 yanvar kuni egalariga topshirilishi rejalashtirilgan.

 

Top