08:28 / 10.12.2015
3990

Erdo‘g‘an: Turkiyaning Iroqdagi qo‘shinlari 2014 yildan beri Iroq bosh vaziri iltimosi bilan joylashtirilgan

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an turkiyalik harbiylar Iroqdagi harbiy bazada 2014 yildan mamlakat bosh vaziri Haydar al-Obodiy iltimosi bilan joylashtirilgan, deb ma'lum qildi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.   

“Turkiya armiyasi qismlari Boshiqdagi lagerda al-Obodiyning iltimosi bilan 2014 yildan joylashgan”, deb aytdi Erdo‘g‘an.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu turk harbiylari Iroqqa IShID jangarilari tomonidan xavf oshgani haqidagi ma'lumotlar olingandan keyin yuborilganini aytgandi. Ta'kidlanishicha, turk harbiylari Iroqqa mamlakat shimolidagi mashg‘ulot lagerini himoya qilish uchun yuborilgan.

Top