Jahon | 18:37 / 10.12.2015
2678
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropa Ittifoqi Air Astana’ni ishonchsiz aviakompaniyalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi

Yevropa Ittifoqi Qozog‘istonning Air Astana’ aviakompaniyasini ishonchsiz aviakompaniyalar ro‘yxatidan chiqarib tashladi. Bu haqda Yevrokomissiya vakili Margaritis Sxinas ma'lum qildi.

“Yevrokomissiya bugun ishonchsiz aviatashuvchilar Yevropa ro‘yxatini to‘ldirdi. Bugungi kundan undan Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi chiqarildi va Iroqning Iraqi Airways milliy aviakompaniyasi kiritildi”, deb aytdi Sxinas.

Ushbu qora ro‘yxatga kiritilgan aviakompaniyalarga Yevropa Ittifoqi davlatlariga parvozlar amalga oshirish man qilinadi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish