Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroqdagi Kurd muxtoriyati Rossiyadan uning hududi ustidan raketa uchirmaslikni so‘radi
Iroq Kurdistoni hukumati Rossiya harbiylariga murojaat yo‘llab, unda mintaqa osmonidan raketa uchirishni bas qilishni so‘rashdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.
Rossiyaning Suriyada bo‘layotgan operatsiyasi chog‘ida raketalar muxtoriyat ustidan uchib o‘tmoqda. Shu tufayli Kurdistonning ikki aeroportining faoliyati to‘xtatib qo‘yildi.
“Biz sizdan Iroq Kurdistoni havo hududiga muqobil topishingizni talab qilamiz. Arbil va Sulaymoniya aeroportlari faoliyatining to‘xtatilishi mintaqa uchun navbatdagi iqtisodiy inqirozga aylandi”, - deyiladi murojaatda.