Jahon | 22:42 / 10.12.2015
7304
1 daqiqa o‘qiladi

IShID jangarilari ar Ramadiga olib boruvchi so‘nggi ko‘prikni vayron qilishdi

IShId terrorchilik tashkiloti jangarilari ar Ramadi shahri markaziga olib boruvchi so‘nggi ko‘prikni vayron qilishdi.

Asosan shia va sunniy qabila guruhlaridan tashkil topgan milliy militsiya jangchilarining qo‘llab-quvvatlashi bilan Iroq armiyasi mamlakat g‘arbidagi Anbar viloyatida terrorchilarga qarshi keng ko‘lamli operatsiyalarni davom ettirmoqda. Eng muhim janglar shu yilning may oyida terrorchilar tomonidan egallab olingan ar ramadi shahrining ma'mumarkazi uchun ketmoqda.

Assoshieyted Pressga ma'lum qilishicha, Iroq armiyasi hujumi tufayli terrorchilar ar Ramadi markaziga olib boruvchi barcha ko‘priklarni vayron qilishgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish