Jahon | 09:29 / 10.12.2015
2237
1 daqiqa o‘qiladi

Kanada harbiy-transport aviatsiyasi mamlakatga suriyalik qochqinlarni tashishni boshladi

Kanada HHK suriyalik qochqinlarni mamlakatga tashishni boshladi. Bu haqda 9 dekabr kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo ma'lum qildi.
“Qochqinlarni ko‘chirish bizning kanadaliklar va dunyo hamjamiyati oldidagi majburiyatlarni bajarayotganimizni namoyon etib, Kanadaning (bu odamlar uchun) ko‘proq narsa qila olishi va qilishi shartligini tushunishini anglatadi”, - dedi bosh vazir.

Tryudo bortida 416 nafar qochqin bo‘lgan ilk harbiy-transport samolyoti Toronto (Ontario provinsiyasi) aeroportiga qo‘nganini ma'lum qildi. Ikkinchi samolyot esa Monrealga (Kvebek provinsiyasi) parvoz qiladi. Bosh vazir qancha miqdordagi qochqinlar qayerdan Kanadaga uchib kelayotgani haqida ma'lumot bermadi.

O‘tgan haftada immigratsiya, qochqinlar va fuqarolik vaziri Jon Makkallum Kanada 2016 yilning martiga qadar Suriyadan eng kamida 35 ming nafar qochqinni qabul qilib, o‘z hududiga joylashtirishi to‘g‘risida ma'lum qilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish