Jahon | 15:35 / 10.12.2015
22541
2 daqiqa o‘qiladi

Kseniya Sobchak Putinning murojaatini kalaka qildi

Rossiyalik jurnalist, teleboshlovchi Kseniya Sobchak Rossiya prezidenti Vladimir Putinning so‘zlarini masxara qilib, o‘zini uning satirik obrazida sinab ko‘rdi. Videolavha YouTube servisida paydo bo‘ldi.

Putinning “Federal yig‘ilishga yillik murojaat” nutqiga parodiya tarzida olingan video ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda.

O‘zining “chiqishi”da Sobchak prezident nomidan ma'muriyatining tashqi va ichki siyosatdagi barcha nuqtalarini masxara qildi. Shuningdek, u “Jarroh”ni, Qodirovni, Medvedevni va Rotenbergni tilga olishni ham unutmadi.

“Bir yil oldin men Ukraina haqida ko‘p gapirgan edim. Bu yili esa “rus dunyosi”ning boshqa qismi, aynan Suriya haqida gapirmoqchiman. Darvoqe, “Jarroh”, qalpoqni yeching, siz muolajaxonamassiz, Qrim bo‘yicha operatsiyangiz esa tugadi allaqachon. Suriyani Chechenistonga qo‘shishni taklif qilaman, o‘z uyimiz axir. Turkiyani hozircha qo‘shib olmay turamiz, lekin, agarda Erdo‘g‘an o‘ylab ko‘rmasa, uni faqat Alloh emas, Ramzon Qodirovning o‘zi ham jazolaydi. Tushunganingizdek, bu undan ham qo‘rqinchliroqdir”, - dedi “prezident” Sobchak.

Kseniya, “o‘rtoq Chaykani Rossiya aksilkorrupsiya qo‘mitasi rahbari etib tayinlash”ni talab qildi.

O‘z chiqishining yakunida Sobchak xonim Komsomolsk-na-Amureni obodonlashtirishni taklif qildi.

“Komsomolsk-na-Amure nimaga kerak deb so‘rarsiz? Menga shunchaki shu nom yoqib qoldi. Keyin, Dmitriy Anatolevich Medvedevga biror topshiriq berish kerak. Oxir-oqibat, bolani bir narsa bilan band qilish kerakku. E'tiboringiz uchun katta rahmat! Hammaga, asosan qishloqliklarga rahmat”, - xulosa qildi teleboshlovchi.