Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lola uni litsenziyadan judo qilgan qizil ko‘ylakni xayriya tashkilotiga berib yuboradi
Xonanda Lola Yo‘ldosheva o‘z vaqtida ko‘p bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan qizil ko‘ylakni xayriya tashkilotiga berib yuboradi. Bu haqda u Redpen.uz saytiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Jurnalistning “qizil ko‘ylak” voqeasi unga qanday dars bergani haqidagi savolga javob berarkan, Lola shunday dedi:
“Qizil mato rolini o‘ynagan ko‘ylakmi? Shkafda osilib turibdi. Darvoqe, yaqinda menga mashhurlarning narsalarini kim oshdi savdolarida sotadigan bir tashkilot chiqdi. Men olib ketaveringlar dedim! Mablag‘ esa xayriya yo‘liga sarflanadi. Balki shunda bu ko‘ylak foyda keltirar?”.
Shundan so‘ng Lola bu ko‘ylak shunchaki sahna obrazi bilan bog‘liqligini, bu masalaning ortiq darajada muhokama qilinishi uning uchun kutilmagan hol bo‘lganini ta'kidlab o‘tdi:
“Men u ko‘ylakni maza qilib kiydim, Zulfiya Sulton men uchun tikayotgan boshqa ko‘ylaklar singari; u mening dugonam, iste'dodli dizayner, O‘zbekistonni xalqaro feshn namoyishlarida munosib taqdim etadi. Men sahnaga kiyadigan hamma narsa – obraz. Provokatsiya emas, sahna ko‘rinishining bir qismi, men o‘ynaydigan rolning in'ikosidir. Rayhon bilan duet esa mening muhabbat, ehtiros, ayollar birdamligi haqidagi qo‘shig‘imdir. Men uni o‘zim uchun yozgandim. Rayhon uni birgalikda aytishni taklif qilganida “Ko‘nikmadim” qo‘shig‘ida ikki turdagi energiyani ajoyib tarzda ko‘rsatib bera olishimizni o‘yladim. Mening partiyam olovli, qaynoq ehtirosni ramziy ko‘rsatib berardi. Qizil ko‘ylak ushbu konsepsiyaga mos tushdi”.
Ijodkor muxlislarning bu sahna ko‘rinishiga munosabati uning uchun kutilmagan holat bo‘lganini tan oldi.

“Ochig‘ini aytay, kutmagandim, - dedi u. – Jamoat ikki qutbga bo‘lindi. Endi meni litsenziyadan mahrum qilgan strukturani jon-jahdi bilan qo‘llab-quvvatlayotganlar bor. Men yashashga xalaqit berayotganim shuncha odam borligini o‘ylamagan ham edim. Lekin men qo‘llab-quvvatlayotganlar ham bor. Bu juda quvonarli”.
“Men bunday libosda chiqish dadil qadam ekanligini tushungan edim. Ammo men ma'lum dunyoqarashga egaman, va bu mening uchun g‘alati. Yopiq libos kiyib, uncha to‘g‘ri bo‘lmagan ish qilish mumkin. Orqani ochib, shu paytning o‘zida vijdonli va pok odam bo‘lish mumkin. Oshib tushdimi? Balki, lekin bu sahnamning bir parchasi edi. Oxir-oqibat, men bunday ko‘ylakda rasmiy uchrashuvlarga va bolalar tadbirlariga bormayman”, - xulosa qildi u.