Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maurisio Makri Argentina prezidenti lavozimini egalladi
Maurisio Makri rasmiy ravishda Argentina prezidentligi lavozimiga tayinlandi. U deputatlar va senatorlardan iborat kongressda, shuningdek, Senat vakili, mamlakatni vaqtinchalik idora qilib turgan Federiko Pinedo qarshisida qasamyod qildi.
Mamlakatning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirshner marosimda ishtirok etmadi.
Kongressda, shuningdek, sobiq prezidentga qarashli bo‘lgan “G‘alaba fronti” alyansining deputat va senatorlari ham ishtirok etmagan.
Yangi prezident Pinedodan prezidentlik belgisi va tasmasini qabul qilib oladi. Marosimda Chili, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Ekvador, Paragvay, Urugvay, Braziliya va Serbiya davlatlarining prezidentlari ishtirok etishi kutilmoqda.