Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 13:08 / 10.12.2015
2455
1 daqiqa o‘qiladi
Moskvadagi uchta qabristonga bepul Wi-Fi o‘rnatiladi
Moskva ma'muriyati shaharning eng katta qabristonlari hududiga bepul Wi-Fi tarmog‘ini o‘tkazadi.
“Simsiz internet 2016 yilning birinchi yarmidan Vaganskiy, Nododevichiy va Troyekurovskiy qabristonlarining ochiq hududlarida ishlaydi”, - dedi “Ritual” tashkiloti rahbari Artyom Yekimov.
Uning so‘zlariga qaraganda, bu tashabbus qabristonlarga tashrifni qulaylashtirishga qaratilgandir. Shuningdek, onlayn rejimida har bir qabr egasi haqida tezkor ma'lumot olish mumkin bo‘ladi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish