Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: "Fukusima-1" yer osti tennellaridan biridagi radiatsiya darajasi 4000 marta oshib ketdi
Yaponiyaning "Fukusima-1" stansiyasi hududidagi yer osti tunnellaridan birida radiatsiya darajasi 2014 yilgi ko‘rsatkichlarga qaraganda 4 ming marotaba ortib ketdi. NHK telekanalining xabariga ko‘ra, mazkur natija Tokyo Electric Power (TEPCO) operator kompaniyasi mutaxassislari tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida ma'lum bo‘ldi.
2011 yil mart oyidagi sunamidan so‘ng vayron bo‘lgan mazkur tunnelda 400-500 tonna radioaktiv suv yig‘ilgan edi. 3 dekabr kuni esa TeRSO mutaxassislari ushbu tunneldagi suvdan 1 litr hajmda namuna olishdi. Yakunda undagi radioaktiv seziy moddasi miqdori bir litrga 420 ming bekkerel ekani ma'lum bo‘ldi. 2014 yilning dekabr oyida esa mazkur ko‘rsatkich 4-4,5 ming martaga kamroq edi. Buning sababi hozircha aniqlashtirilgani yo‘q.
Radiatsiya miqdori oshgan tunnel yuqoriradioaktiv chiqindilarni qayta ishlash inshootidan uncha uzoq bo‘lmagan yerda joylashgan. Biroq TeRSO mutaxassislari tunnel va inshoot bir-biri bilan bog‘lanmaganini aytishmoqda. Demak, tunneldagi radioaktiv materiallar cheklangan muhitda bo‘lib, boshqa joyga sizib o‘tmaydi.
Yaponiya Vazirlar mahkamasining bosh kotibi Yosixide Suga shu munosabat bilan Tokioda tashkil etilgan matbuot anjumanida "Fukusima-1" AESda radiatsiya sizib chiqmayotganini ma'lum qildi.
"Sabablar aniqlashtirilmoqda. Sizib chiqish va tevarak-atrofning zararlanishi (tunneldan tashqariga) kuzatilgani yo‘q. Tokyo Electric Power (TEPCO) operator kompaniyasi, shuningdek, Iqtisodiyot, savdo va sanoat vazirligi mutaxassislari zarur choralarni ko‘rishadi”, - dedi u.