09:07 / 10.12.2015
4515

Obama o‘tayotgan yildagi eng sevimli qo‘shig‘i, seriali, kitobi va kinofilmi nomlarini aytib o‘tdi

AQSh prezidenti Barak Obama amerikalik rep ijrochi Kendrik Lamarning “How Much a Dollar Cost” qo‘shig‘ini 2015 yildagi eng sevimli qo‘shig‘i deb aytdi.

Obama 2015 yildagi eng sevimli kitobi sifatida Loren Groffning “Fates and Furies” romanini, eng sevimli filmi sifatida Mett Deymon ijrosidagi “Marslik” kinofilmini aytib o‘tdi, deb xabar bermoqda People jurnali.

Obamaning rafiqasi Mishel Obama 2015 yildagi eng sevimli qo‘shig‘i sifatida Bruno Marsning “Uptown Funk” qo‘shig‘ini, kitob sifatida Elizabet Aleksandrning “The Light of the World” asarini, film sifatida esa Pixar studiyasining “Boshqotirma” filmini e'tirof etdi.

Obamaning 2015 yildagi eng sevimli seriali “Nikerboker shifoxonasi”, uning rafiqasining sevimli seriali esa “Qorayotganlar” seriali bo‘ldi.

Top