21:46 / 10.12.2015
6649

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr toki yetkazib berish hajmini 10 foizga oshirdi

Afg‘oniston hukumati energiyasi tanqisligidan aziyat chekayotgan yirik shimoliy provinsiyalar aholisi uchun O‘zbekistondan sotib olayotgan elektr energiyasi hajmini oshirdi. Bu haqda Sputnik agentligi xabar berdi.

Xabarda keltirilishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston 2016 yilda elektr energiya yetkazib berish to‘g‘risidagi shartnomani imzolagan.

Shu munosabat bilan Toshkentga tashrif buyurgan afg‘on delegatsiyasi xarid qilinadigan energiya miqdorini 2015 yilgidan 10 foizga oshirgan.

Agentlik ma'lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston va Afg‘oniston boshqa yo‘nalishlar, masalan, elektr tarmoqlari qurilishi va mamlakatda ishlab chiqarish hajmini oshirish bo‘yicha ham hamkorlik olib borishga kelishib oldi.

O‘zbekiston 2015 yilda qo‘shni mamlakatlarga jami bo‘lib 1,5 milliard kVt/soat elektr energiyasi sotishni mo‘ljallagan.

Top