13:31 / 10.12.2015
6466

O‘zbekistondagi oltin qazib olish kombinati 66ta ijtimoiy obektni mahalliy hukumatga topshiradi

Navoiy kon-metallurgiya kombinati mahalliy hukumatga Navoiy va Samarqand viloyatlaridagi 66ta ijtimoiy obekt (maktabgacha ta'lim muassasalari, stadionlar, klublar, qabriston, qurilishi tugallanmagan obektlar va boshqalar)ni topshiradi. Bu haqda Review.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 9 oktabrda imzolangan “Davlat mulki obektlaridan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, bir qism ijtimoiy obektlar kelgusida samarali foydalanish uchun topshiriladi.

Muassasa saytining ma'lumotiga ko‘ra, ayni paytda kombinatning balansida 19ta bolalar bog‘chasi, “Metallurg” va “Shaxtyor” sanatoriya-profilaktoriyasi, “Lojuvard” dam olish bazasi, “Konchi” pansionati mavjud. Shuningdek, uning qoshida 5ta stadion, 5ta suzish havzasi, yelkanli sport uchun ikkita baza, 80dan ziyod sport zallari va maydonlari faoliyat ko‘rsatmoqda.

Bundan tashqari, kombinat qaramog‘ida 2ta madaniyat saroyi, 2ta madaniyat uyi, 2 klub, madaniy-sport markazi, bolalar ijodiyoti uyi, 5ta kutubxona va boshqalar mavjud.

Top