Jahon | 09:53 / 10.12.2015
4914
1 daqiqa o‘qiladi

Patriarx Kirill O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Moskva va butun Rus patriarxi Kirill 2016 yilda Toshkent yeparxiyasining 145 yilligi nishonlanishi doirasida O‘zbekistonga tashrif buyuradi.

Bu haqda Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy 9 dekabr kuni Bishkek (Qirg‘iziston)da bo‘lib o‘tgan O‘rta Osiyo mitropolit okrugi sinodining majlisida ma'lum qildi, deya xabar bermoqda Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi rasmiy saytida.
2011 yilda Toshkent yeparxiyasi patriarx Kirillning tashrifiga tayyorgarlik ko‘rgan, biroq bu amalga oshmagan edi.

Moskva va butun Rus patriarxi O‘rta Osiyoga yagona tashrifi 1996 yilda bo‘lib o‘tgan edi. O‘shanda O‘zbekiston va Qirg‘izistonga patriarx Aleksiy II kelgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish