Jahon | 14:13 / 10.12.2015
4474
2 daqiqa o‘qiladi

Pekinda ekologik xavflilikning "qizil" darajasi bekor qilindi

Pekinda 6 dekabr kuni havoning ifloslanganligi tufayli ekologik xavflilikning eng yuqori – «qizil» darajasi e'lon qilingandi. Hukumat zaharlangan havo sababli 7—9 dekabr kunlari Xitoy poytaxtidagi maktab va bolalar bog‘chasida ochiq havodagi mashg‘ulotlarni bekor qilish haqida farmoyish bergandi.

Bugun, 10 dekabr kuni Pekin osmoni musaffo bo‘lib turibdi va hukumat ekologik xavflilikning "qizil" darajasini bekor qilgan.

Lekin, shunga qaramasdan shahar aholisi niqoblarini yechishga shoshilmayapti.

Ayni vaqtda havoda sog‘liq uchun zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaharli moddalar kam miqdorda saqlanib qolgan.

"Qizil" daraja amal qilgan kunlarda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy transportdan foydalanishni cheklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Bunday sharoitda yo‘lovchi transportining normal faoliyat ko‘rsatishini ta'minlash uchun poytaxt hukumati yo‘nalishlarga qo‘shimcha 840ta avtobus, metro tizimiga esa 53ta vagon kiritdi.