Jahon | 20:08 / 10.12.2015
19941
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Alisher Usmonov bilan uchrashadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ombudsmen Ella Pamfilova va milliarder Alisher Usmonov bilan uchrashadi. Bu haqda «TASS» axborot agentligi xabar bergan.

"U (Putin - tahririyat izohi) Ella Pamfilovani qabul qiladi", deb ma'lum qilgan Rossiya prezidentining matbuot xizmati boshlig‘i Dmitriy Peskov.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya davlat rahbari biznesmen Alisher Usmonov bilan ham uchrashadi.

"Uchrashuv chog‘ida tadbirkorlik faoliyati, hozirgi vaziyatda yirik biznes qanday yashayotgani, xususan, yirik biznesning ijtimoiy mas'uliyatlari bilan bog‘liq masalalar va albatta, sport sohasiga oid masalalar muhokama qilinadi", deydi Kreml vakili.

Putin shu kuni oqshomda Russia Today telekanali tashkil etilganining 10 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda mehmon bo‘lishi aytilgan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish