Jahon | 13:26 / 10.12.2015
2401
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda ommaviy tadbirlar chog‘ida turniketlarga chiqish qonunan taqiqlanadi

Qozog‘iston parlamentining yuqori palatasi “Qozog‘iston Respublikasining ommaviy, sport, madaniy, tomoshabop va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda xavfsizlikni ta'minlash bo‘yicha ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni birinchi o‘qishda qabul qildi. Bu haqda Tengrinews.kz resursi yozmoqda.

Senatning Konstitutsion qonunchilik, sud tizimi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bo‘yicha qo‘mitasi a'zosi Dulat Qustavletov qonun loyihasi orqali kiritilayotgan ayrim yangiliklarga izoh berdi:
“Jismoniy shaxslarga quyidagi holatlarda taqiqlar o‘rnatiladi: tadbir o‘tayotgan joylarga alkogol mahsulotlari solingan metall, shisha idishlar, pirotexnik buyumlar hamda qo‘llanilishi odam hayoti va sog‘lig‘iga raxna solishi mumkin bo‘lgan boshqa predmetlarni olib kirish; ijtimoiy, irqiy, milliy, diniy dushmanlikni targ‘ib qiluvchi plakatlar, transparantlar va boshqa vizual predmetlarni qo‘llash. Ko‘rsatilgan taqiqlarni buzish jismoniy shaxslarning ma'muriy javobgarlikka tortilishi hamda minimal oylik ish haqining 20 barobari miqdorida jarimaga tortilishiga olib keladi. Shuningdek, jismoniy shaxslarga tadbirlar o‘tkazilayotgan chog‘da o‘zboshimchalik bilan turniketlar va g‘ovlardan o‘tish taqiqlanad

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish