23:48 / 10.12.2015
7000

Rossiya bosh prokuraturasi Xodorkovskiyni ekstremizmda gumon qilmoqda

Muxolifatchi Mixail Xodorkovskiyning 9 dekabrda matbuot-anjumanidagi nutqi ekstremistik xarakterga ega, chunki Rossiya konstitutsiyaviy tuzumini zo‘ravonlik bilan o‘zgartirishga chaqiriqlarga ega.

Prokuratura Rossiya Tergov qo‘mitasiga Xodorkovskiyni ushbu qonunbuzarliklar bo‘yicha jinoiy taqib qilish masalasini hal qilish uchun materiallar yubordi.

Bosh prokuratura o‘zining xabarida YuKOSning sobiq rahbari matbuot-anjumanida “mavjud qonunchilikning repressivligi va huquqqa xilofligini, parlamentning, Rossiya prezidenti saylovlarining noqonuniyligi va sudlardan bog‘liqlik haqidagi yolg‘on gaplarni aytgan va shu sabab qonunlarga qarshilik ko‘rsatishni taklif qilgan”, deb ko‘rsatmoqda. U “hokimiyatni o‘zgartirishning yagona va zaruriy usuli sifatida inqilob qilishga chaqirdi va o‘zi tomondan buning uchun muayyan choralar ko‘rilayotganiga ishora qildi”, deyilmoqda prokuratura arizasida.

Rossiya bosh prokurori o‘rinbosari Vladimir Malinovskiy “Xodorkovskiyning harakatlari ekstremistik xarakterga ega va Rossiya jinoiy-protsessual kodeksining tegishli moddasi bo‘yicha protsessual tekshiruvni talab qiladi”, deb hisoblamoqda.

Top