Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistoni Asadning hukumatdan chetlashtirilishini talab qilmoqda
Saudiya Arabistoni “hukumatdan Bashar Asadning chetlashtirilishini” talab qilishda davom etadi. Bu haqda Ar-Riyodda Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri Odil al-Jubayr matbuot-anjumanida ma'lum qildi.
“Suriyada yoki muzokaralar yo‘li bilan siyosiy barqarorlikka erishiladi va Asad o‘z lavozimini tark etadi, yoki ixtilof davom etadi va bu maqsadga harbiy yo‘l bilan erishiladi”, deb aytdi al-Jubayr. Al-Jubayr shu bilan birga qirollik “qurollangan muxolifatni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha majburiyatlariga amal qilishini” ta'kidlab o‘tdi.
Al-Jubayrning ta'kidlashicha, “Ar-Riyodda o‘tkazilgan Suriya muxolifati anjumanidan maqsad muxolifat saflarini jipslashtirishdan iborat”. Uning aytishicha, “muxolifatchilar bir ovozdan gapirishi uchun birlashishi kerak”.