Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya parlamenti 2016 yil uchun yangi prezident tayinladi
Shveytsariya parlamenti 2016 yil uchun yangi prezident va vitse-prezidentni tayinladi va Federal kengashda (hukumat) yangi vazirlar bo‘yicha ovoz berish o‘tkazdi.
Shveytsariya qonunchiligiga ko‘ra, mamlakat prezidenti va vitse-prezidenti parlamentning ikkala palatasi tomonidan Federal kengashning 7 a'zosidan 1 yillik muddatga tayinlanadi.
2016 yil 1 yanvardan Shveytsariya prezidenti lavozimini amaldagi vitse-prezident Yoaxim Shnayder-Amman egallaydi va u shuningdek o‘zining hozirda Federal kengashning iqtisodiy ishlar, ta'lim va tadqiqotlar departamenti rahbari (vazir) vazifalarini ham bajarishda davom etadi. 2016 yil uchun Shveytsariya vitse-prezidenti etib Federal kengashning atrof-muhit, transport, energetika va aloqa departamenti rahbari Doris Lyoytxard tayinlandi.