Jahon | 13:42 / 10.12.2015
3142
1 daqiqa o‘qiladi

Turkiya TIV va razvedkasi rahbariyati Iroqqa muzokaralar uchun yo‘l oladi

Turkiya milliy razvedka tashkiloti (MİT) rahbari Xoqon Fidan va tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Faridun Sinirlio‘g‘li 10 dekabr kuni Iroqqa tashrif buyurishadi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar bermoqda.

“Bizning Iroqdagi ishtirokimiz mamlakat ichida barqarorlikni ta'minlashga qaratilgandir. Biz IShIDning qo‘shnilari bo‘lishni istamagan edik, - dedi mamlakat bosh vaziri Ahmat Dovudo‘g‘li Kurd muxtoriyati yetakchisi Mas'ud Barzoniy bilan uchrashuv chog‘ida. – Buning uchun Arbil kuchli bo‘lishi lozim. Shu maqsadda biz Iroqqa ham, Iroqning Kurd mintaqaviy muxtoriyatiga ham zaruriy yordamni ko‘rsatamiz. MİT rahbari Xoqon Fidan va TIV vakili Faridun Sinirlio‘g‘li bugun Iroqda bo‘lishadi”.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish