Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 16:54 / 10.12.2015
3426
1 daqiqa o‘qiladi
Turkiyada kurdlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuvlarda 8 kishi halok bo‘ldi
Turkiyaning Nusaybin shahrida kurd isyonchilari va politsiya o‘rtasida to‘rt kun davom etgan to‘qnashuvlar tufayli 7 nafar kurd va bir nafar turkiyalik politsiyachi halok bo‘lgan.
Reyter agentligi xabarida aytilishicha, yana 8 nafar politsiyachi jarohatlangan.
Qayd etilishicha, bu shaharda 6 dekabr kuni komendantlik soati joriy qilingandi.
Bugun Nusaybin shahri markazida portlash amalga oshirildi.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish