Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Utkin "Bayyer" va "Barselona" o‘yinini sharhlash vaqtida uxlab qolgani uchun uzr so‘radi
«Match TV» sharhlovchisi Vasiliy Utkin YeChLning guruh bosqichida "Bayyer" va "Barselona" jamoalari o‘rtasida kechgan uchrashuvni sharhlay turib, uxlab qolgani uchun muxlislardan uzr so‘radi.
"Kechirasizlar, janoblar, birinchi taymda yomon ishladim. Uxlab qoldim. Sababi bor. Lekin xavotir olmanglar, hozir ikkinchi taym boshlanadi", deb tvit qoldirgan Utkin birinchi taymdan keyingi tanaffus vaqtida.
Prostite, gospoda, vpravdu ploxo rabotal pervyy taym. Zasypal, prichiny yest, no nikogo ne volnuyut. Seychas na vtorom otygrayus.
— Vasiliy Utkin (@radioutkin) 9 dekabrya 2015
U ikkinchi tvitni ham qo‘shimcha qilgan.
"Xatoni tuzataman. Menimcha, hozir sergakman. Yana bir bor birinchi taym uchun uzr so‘rayman. Albatta, bu mening aybim", deydi sharhlovchi.
Ya postaralsya ispravitsya. Po-moyemu, vyshlo normalno. Yeshchyo raz proshu proshcheniya za pervyy taym, bukvalno zasypal. Chisto moi problemy, konechno.(
— Vasiliy Utkin (@radioutkin) 9 dekabrya 2015
Qayd etish kerakki, ushbu sharhlovchi "Real"ning ashaddiy muxlisi ekanini yashirib o‘tirmaydi. U doimiy ravishda "Barselona" haqida tanqidiy fikrlar bildirib keladi.
Eslatib o‘tamiz, "Real" - PSJ o‘yini vaqtida uxlab qolgan xitoylik sharhlovchi ishdan bo‘shatilgandi.