Texnologiya | 19:09 / 10.12.2015
2458
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai hashamatli krossover va kupe ishlab chiqarilishini tasdiqladi

Hyundai kompaniyasida ikkita hashamatli krossover va sport kupesini yaratish ustida ishlar olib borilayotganini tasdiqladi. Ular Genesis subbrendi ostida ishlab chiqariladi. Bu haqda koreys avto ishlab chiqaruvchisining press-relizida ma'lum qilindi.

2020 yilga qadar kompaniya oltita modelni ishlab chiqaradi. G90 flagmani ortidan harf-raqamli nom bilan – G80, G70 va boshqalar taqdim etilaveradi.

Oliy toifali subbrend ostida ayni paytdagi Genesis bazasida tayyorlanishi mumkin bo‘lgan yetti o‘rindiqli katta krossover ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, koreyslar sportkupeli ixcham krossover ham ishlab chiqarmoqchi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu avtomobil BMW va Audi A4 modellari bilan raqobatga kirishishi mumkin.

Taqdim etiladigan Genesis turkumidagi ilk model G90 sedani bo‘ldi. U Equus modeli bilan o‘rin almashdi. Unga o‘rnatilgan qurilmalar ro‘yxatidan tevarak-atrofni tomosha qilish tizimi, 12,3 dyuymli displeyga ega multimedia kompleksi, Lexicon stereo tizimi va boshqalar o‘rin olgan.

G90 yangi 3,3 litr hajmga ega tvin-turbo motori bilan ta'minlanadi. Uning quvvati esa 370 ot kuchiga teng. Bundan tashqari, 3,8 (V6) va 5,0 (V8) litr hajmli “atmosfera”lardan foydalanilishi mumkin. Ular quvvati 315 va 425 ot kuchiga teng bo‘ladi. Barcha agregatlar sakkiz bosqichli “avtomat” bilan ishlaydi.

Genesis G90 Yevropa va Shimoliy Amerikada 2016 yildan savdoga chiqariladi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish