09:24 / 11.12.2015
2271

Apple kompaniyasi internet-TV xizmatida ishlashni to‘xtatdi

Apple kompaniyasi Apple TV pristavkalari uchun shaxsiy internet-TV xizmatini vaqtinchalik ishlashdan to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya ma'lumotiga tayanib, Bloomberg nashri xabar bermoqda.

Internet-TV xizmatida faoliyat yuritishni to‘xtatishga sabab Apple va kompaniya tegishli shartnomalar olib borgan telekanallar vakillari o‘rtasida kelishmovchilikning kelib chiqishidir. Apple 14 telekanal paketiga obuna bo‘lish uchun oyiga 30 dollardan 40 dollargacha taklif qilgan edi. U bu summani 40 dollardan oshirish niyatida emasligini ma'lum qilgan. Telekanallar vakillari esa bu summani yanada oshirishni talab qilmoqda. Telekanallar bilan kelisha olmagan kompaniya Apple TV ilovalari ustida ishlashni rejalashtirmoqda, deb yozadi Bloomberg.

Top