00:37 / 11.12.2015
4311

Aviachiptalar sotib olish uchun eng nomaqbul kun nomi aytildi

Expedia va Airlines Reporting Corp. sayyohlik kompaniyalarining ekspertlari juma kunini aviachiptalar sotib olish uchun haftadagi eng nomaqbul kun deb atashdi. Bu haqda The Wall Street Journal nashri ma'lum qildi.

Ma'lumotlar tahlili juma kuni chiptalar yakshanbaga qaraganda 13 foizga qimmatroq bo‘lishini ko‘rsatdi. Ekspertlar fikricha, bunga sabablardan biri ta'tilga otlanayotganlarning dam olish kunlariga turlarni qidirishga moyilliklari bilan bog‘liq. Bundan tashqari, chiptalarning joriy narxlar bo‘yicha sotilishi juma kuni tugaydi va ko‘p aviatashuvchilar narxlarni ko‘taradilar. Chiptalar, shuningdek, hafta davomida samolyotlardagi barcha arzon joylar sotib bo‘linishi sababli ham qimmatlashadi, yangi aviakompaniyalar esa chiptalarni dam olish kunlari yoki undan keyinoq sotuvga qo‘yishni afzal ko‘radilar.

Tadqiqotchilar chiptalar sotib olish uchun eng maqbul kun deb seshanbani aytdilar. Bu kuni aviakompaniyalar agar o‘tgan haftadagi savdo hajmi yuqori bo‘lmagan bo‘lsa, chiptalarni sotuvga chegirma bilan chiqaradilar.

Xalqaro yo‘nalishlarga chiptalar narxi bir haftada bir marta, ya'ni seshanbadan chorshanbaga o‘tar kechasi qayta hisoblanadi. Yangi narxlar yevro kursiga ko‘ra shakllantiriladi. Shu tariqa, aviakompaniyalar valyuta narxining o‘zgarishi bilan bog‘liq har kungi narxlar o‘zgarishidan qochadilar.

Top