Sport | 10:29 / 11.12.2015
2838
1 daqiqa o‘qiladi

"Bavariya" futbolchisi Duglas Kosta avariyaga uchradi

Myunxen shahrida "Bavariya" jamoasining braziliyalik futbolchisi Duglas Kosta yo‘l-transport hodisasiga yo‘liqdi. Bu haqda TZ xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, futbolchi o‘z agenti va akasi Stefano Kosta bilan ketayotganida avariyaga uchragan. Xabarda aytilishicha, ular mingan mashina chorrahadan qizil chiroqda o‘tgan va tramvay bilan to‘qnashgan.

Bu vaqtda Kosta orqa o‘rindiqda bo‘lgan.

To‘qnashuv kuchli bo‘lmagan va hech kim jiddiy jarohatlanmagan.

Ushbu mashina "Bavariya" jamoasiga tegishli bo‘lgan va futbolchi yetkazilgan zarar uchun 7 ming yevro to‘lagan.

Ma'lumot uchun, Kosta shu yilning yozida Ukrainaning "Shaxtyor" jamoasida germaniyaliklar jamoasi safiga kelib qo‘shilgandi. U shu vaqtgacha bundesliganing 12 uchrashuvida 2ta gol urgan va 9ta golli pas uzatgan.

U kichik jarohat tufayli oxirgi 3ta turni o‘tkazib yuborgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish