19:27 / 11.12.2015
2681

BMT: Yamanda mart oyidan beri olti mingga yaqin kishi halok bo‘lgan

Yamanda eskalatsiya boshlangan joriy yilning mart oyidan beri olti ming nafarga yaqin odam halok bo‘lgan. Bu haqda BMT agentliklari xabar bermoqda.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, 12 noyabrga qadar Yamanda 5 878 nafar kishi halok bo‘lgan, 27 867 kishi jarohatlangan.

Inson huquqlari bo‘yicha BMT Oliy komissariyati boshqarmasining ma'lum qilishicha, 20 noyabrga qadar mamlakatda tinch aholi vakillari o‘rtasida 2 695 kishi halok bo‘lgan va 5 316 kishi jarohatlangan.

BMTning bolalar jamg‘armasi (YUNISEF) bergan ma'lumotga ko‘ra esa 1 dekabrga qadar 637 bola halok bo‘lgan va 927 nafari jarohatlangan.

Joriy yilning oktabr oyi oxirida Yaman sog‘liqni saqlash vaziri Nosir Muhsin Baumning ma'lum qilishicha, Yamandagi ziddiyatlar davrida olti ming nafar kishi halok bo‘lgan, 15 ming kishi jarohatlangan.

Top