17:56 / 11.12.2015
3138

Burundidagi harbiy bazani qamal qilishga uringan jangarilarning 12 nafari o‘ldirildi

Burundidagi harbiy bazaga hujum uyushtirgan jangarilardan 12 nafari o‘ldirilgan va 20 nafari asir qilingan.

Mahalliy harbiy amaldorlarning ma'lum qilishicha, 11 dekabr kuni sodir bo‘lgan to‘qnashuv natijasida 5 nafar harbiy jarohatlangan.

Reyter agentligi xabariga ko‘ra, hujum qiluvchilar bazadagi asirlarni ozod etishni va qurol-yarog‘ni qo‘lga kiritishni maqsad qilishgandi.

Ayni vaqtda mamlakatda Per Nkurunziza uchinchi marta prezidentlikka saylovda ishtirok etmoqchiligini bildirganidan keyin tartibsizliklar yuzaga kelgan.

Bundan oldinroq, BMT vakili Burundi hukumati vaziyat ustidan nazoratni qo‘ldan chiqarayotgani haqida aytib o‘tgandi.

Top