22:01 / 11.12.2015
2989

IKeA kompaniyasi 2015 yilda 3,5 mlrd yevro foyda ko‘rdi

IKEA kompaniyasi 2015 moliyaviy yilda 3,5 mlrd yevro foyda ko‘rdi. Bu haqda “Gazeta.Ru” manbasi ma'lum qilmoqda.

“Umumiy sotuv hajmi miqdori o‘tgan yilnikiga qaraganda 11,2 foizga oshdi va 31,9 mlrd yevroga yetdi. Savdo markazlarining ijara haqi bilan qo‘shib hisoblaganda bu ko‘rsatkich 32,7 mlrd yevroni tashkil etadi”, — deyiladi ma'lumotda.

Ma'lum qilinishicha, kompaniyaning asosiy investitsiyasi iqlim o‘zgarishlariga qarshi mahsulotlarga qartilgan. Masalan, kompaniya LED chiroqlari manbasiga ham alohida urg‘u bergan.

Top