Jahon | 07:35 / 11.12.2015
3429
1 daqiqa o‘qiladi

Iroq harbiylari Ar-Ramadidagi bazani IShIDdan ozod qildi

Iroqlik harbiylar Ar-Ramadi shahridagi qo‘mondonlik bazasini va uning atrofidagi hududni IShID jangarilaridan ozod qildi.

"Biz radio xabarlarni eshitish orqali jangarilarni oziq-ovqat va o‘q-dori ta'minotidan uzib qo‘yishimiz mumkin. Ular tez orada umidsizlikka tushishadi", degan hududda amaliyot o‘tkazgan bo‘linma generali Yahyo Rasul.

Qayd etilishicha, ozod etilgan baza shaharni Iroq hukumati tasarrufiga qaytarish uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.

Janglar vaqtida IShID jangarilari Ar-Ramadiga olib boruvchi so‘nggi ko‘prikni vayron qilishgan.

Ar-Ramadi 2015 yilning fevralida jangarilar qo‘liga o‘tgan.

Bundan oldinroq, AQSh boshchiligidagi koalitsiya samolyotlari Iroq hududiga 10 marta zarba bergan, Kirkuk va Al-Falluja shaharlari qatorida Ar-Ramadi shahri ustida ham zarbalar amalga oshirilgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish