Jahon | 19:30 / 11.12.2015
3803
1 daqiqa o‘qiladi

Lavrov: Suriyada birgalikdagi sa'y-harakatlarga tayyorgarlik haqidagi savolni AQShga berish kerak

Suriyada birgalikdagi sa'y-harakatlarga tayyorgarlik haqidagi savolni Vashingtonga berish kerak, deb aytdi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.

“Darvoqe, hozirgi vaziyatda AQSh bilan jangovor aviatsiyaning Suriyada parvozlar paytida noxush vaziyatlarning oldini olish haqidagi ikki tomonlama memorandumimiz bo‘lgan bir paytda AQShning bu memorandumni havo kemalari ekipajlarini qutqarish haqidagi kelishuv bilan to‘ldirishni qat'iyan istamayotgani erish tuyuladi. Bir qaraganda, Suriya ixtilofi sharoitlarida bu mantiqiy va qonunan to‘g‘ri hujjat bo‘ladi. Shuning uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarga kim tayyor-tayyormasligi borasidagi savolni Vashingtonga berish to‘g‘riroq bo‘ladi”, deb aytdi Lavrov.

Lavrovning ta'kidlashicha, oxirgi paytlarda AQShda Rossiya tomonidan taklif qilinayotgan yondashuvlar samaradorli ekanligining anglanishi oshib bormoqda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish