11:16 / 11.12.2015
1836

«Manchester Siti» Ikardini 40 million yevro evaziga xarid qilishi mumkin

Angliyaning «Manchester Siti» klubi boshqa ingliz jamoalari «Chelsi» va «Arsenal» qiziqish bildirayotgan Italiyaning «Inter» jamoasi hujumchisi Mauro Ikardi uchun kurashga qo‘shildi. Bu haqda La Gazzetta dello Sport nashri xabar tarqatmoqda.

Manbaning yozishicha, «shaharliklar» 22 yoshli argentinalik futbolchi uchun mavsum yakuniga yetgach 40 million yevro to‘lashga tayyor bo‘lib turibdi.

Qayd qilinishicha, Ikardining so‘zi ham turli yutuqlarga erishish maqsadida nisbatan ambitsiyasi yuqori jamoaga o‘tish maqsadida «Inter»ni tark etishni rejalashtirmoqda.

Ma'lumot uchun, Ikardi joriy mavsumda milanliklar safida Italiya chempionati doirasidagi uchrashuvlarda maydonga tushib 4ta gol va bitta golli uzatma amalga oshirgan.

Top