15:30 / 11.12.2015
5434

"Manchester Yunayted" futbolchilari YeChLni tark etishgani uchun o‘zlarini "jazolashdi"

"Manchester Yunayted" futbolchilari jamoa Yevropa Chempionlar ligasini tark etgani uchun yangi yil kechasini bekor qilishga kelishib oldi.

Bayramni bekor qilish tashabbusi jamoa sardori Ueyn Runidan chiqqan.

Daily Mail nashri ma'lumotlariga ko‘ra, jamoaning bayram kechasi 13 dekabr kuniga rejalashtirilgan edi, ammo "Volfsburg"dan uchralgan mag‘lubiyat tufayli tadbir o‘tkazilmaydigan bo‘ldi.

Endilikda jamoa bor e'tiborini APLdagi ishtirokka qaratmoqchi.

Top