19:07 / 11.12.2015
2865

Marokash hukumati Parijdagi teraktlarni uyushtirishda gumon qilinayotgan Saloh Abdusalomni hibsga olishga ruxsat berdi

Marokash hukumati Parijdagi teraktlarni uyushtirishda gumon qilinayotgan Saloh Abdusalomni hibsga olishga ruxsat berdi, deb xabar bermoqda politsiya ma'lumotlariga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Order o‘tgan oy oxirida berilgan, biroq Marokash xavfsizlik xizmatidagi manbaning ma'lum qilishicha, Abdusalom Marokash yoki Shimoliy Afrikaga qochib ketganmi-yo‘qmi, noaniq.

Huquq-tartibot muassasalari ma'lumotlariga ko‘ra, Parijdagi teraktlarni uyushtirishda gumon qilinayotganlar, jumladan xalqaro qidiruvga berilgan terrorchi Saloh Abdusalom Germaniyada bo‘lishi mumkin.

Top