Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Moskvadagi so‘nggi to‘qqiz yillikda qayd etilmagan eng katta yong‘in sodir bo‘ldi
Poytaxtlik o‘t o‘chiruvchilar Moskvaning shimoli-g‘arbida joylashgan Tushinskiy mashina qurilish zavodi hududida chiqqan yong‘in oqibatlarini bartaraf etdi. Bu haqda Rossiya FVVning ma'lumotiga asoslanib, TASS xabar qilmoqda.
"Moskva vaqti bilan 01:36 da kimyo omborxonasida chiqqan yong‘in bartaraf etildi. Jabrlanganlar yo‘q”, - dedi agentlik suhbatdoshi.
Yong‘in sodir bo‘lgan hudud 15 ming kv. m hududni qamrab olgan. Uni o‘chirish uchun besh soavt vaqt ketgan.
Voqea joyida yong‘in sabablarini o‘rganuvchi maxsus mutaxassislar ishlamoqda. Qayd etishlaricha, bunday yirik yong‘in Moskva hududida yaqin to‘qqiz yil ichida sodir bo‘lmagan.