Jamiyat | 10:59 / 11.12.2015
2800
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada musulmon ayolni haqorat qilgan shaxs sudga tortildi

Britaniyalik politsiya xodimlari metroda muslima ayolga xujum qilgan huquqbuzarni qo‘lga oldi.

26 yoshli Endryu Tompson (Andrew Thompson) 21 noyabr kuni Nyukasl shahri metrosida hijobli musulmon ayolni haqorat qiladi. U 23 yoshli Ruhi Rahmon (Ruhi Rehman)ni terrorist deb haqoratlaydi va bomba berkitib olganini aytib, baqiradi. Biroq vagondagi yo‘lovchilar qonunbuzarning so‘zlariga e'tibor bermay, uning o‘zini vagonda chiqarib yubordi.

Endryu Tompson ayolga jismoniy tazyiq o‘tkazmagan bo‘lsa-da, voqea guvohlari politsiyaga xabar berishdi. Musulmon ayolga qilgan hurmatsizligi, diniy va milliy kamsitish jinoyatini sodir etgani uchun sud unga ayblov e'lon qildi, deb yozadi Muxlis.uz sayti.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish