Jahon | 18:20 / 11.12.2015
4136
1 daqiqa o‘qiladi

Nazarboyev “yog‘ to‘plagan” tadbirkorlarni privatizatsiya jarayonida ishtirok etishga chaqirdi

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev tadbirkorlarni privatizatsiya jarayoni (davlat mulkining qisman yoki to‘liq xususiy qo‘llarga o‘tishi)da faol ishtirok etishga chaqirdi. Jumladan, u “yog‘ to‘plagan” tadbirkorlarga murojaat qildi, deya xabar bermoqda Tengrinews.kz.

“Biz mazkur privatizatsiyani ochiq, haqqoniy, oshkora tarzda o‘tkazib, unga milliy va horijiy sarmoyadorlarni bir xil shartlar bo‘yicha taklif etamiz. Shuning uchun bizning ushbu yillarda yog‘ to‘plagan tadbirkorlarimiz unda faol ishtirok etishi lozim”, - dedi Qozog‘iston prezidenti.

Uning so‘zlariga ko‘ra, hukumat privatizatsiyalash rejalashtirilgan davlat korxonalari ro‘yxati 22 dekabrda e'lon qilinadi. Yangi ijtimoiy siyosatning asosiy vazifasi yangi ish o‘rinlarining ochilishi va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantiradi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish